Vinisius mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Vinisius mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Ispaniyaning Marca nashri 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi yosh futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingga o‘tgan mavsum boshlanishida 21 yoshdan oshmagan futbolchilar kiritilgan.

“Real” hujumchisi Vinisius mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rin “Manchester Siti” hujumchisi Erlin Xolandga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda "Barselona" yarim himoyachisi Pedri joylashgan.

2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi 10 nafar yosh futbolchisi:

1. Vinisius Junior (Real Madrid)

2. Erlin Xoland (Borussiya Dortmund/Manchester Siti)

3. Pedri (Barselona)

4. Dushan Vlaxovich (Fiorentina/Yuventus)

5. Filipp Foden (“Manchester Siti”)

6. Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”)

7. Gavi (Barselona)

8. Orlyen Tchuameni (Monako/Real Madrid)

9. Antoni (Ayaks)

10. Sandro Tonali (Milan)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!