Videoselektor: Shavkat Mirziyoyev nimadan norozi?

Videoselektor: Shavkat Mirziyoyev nimadan norozi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hamda Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlarida eksportni ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotganini aytgan.

12 avgust kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda davlat rahbari mutasaddi rahbarlar eksportyorlarning muammolari bilan tizimli shug‘ullanmayotgani, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, ularning tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashmayotganini tanqid qilgan.

– Eksport imkoniyatlarimiz ko‘p. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlab, eksportbop mahsulotlar chiqarish mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bo‘lishi kerak. Shu orqali eksportni ko‘paytiramiz va yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lamiz, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularni eksport faoliyatiga jalb etishi, bu boradagi muammolarini hal etish, xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikasiyadan o‘tkazishga yordam berishi kerakligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!