Video: San Jay Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li bilan bo‘lgan shaxsiy yozishmani e’lon qildi

Video: San Jay Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li bilan bo‘lgan shaxsiy yozishmani e’lon qildi

Avvalroq Sherali Jo‘rayev oilasi va xonanda San Jay bilan kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida yozgan edik. Jo‘rayevlar oilasi San Jay tomonidan “Karvon” va “Gulbadan” qo‘shiqlarini aytishga qarshilik qildi.

Jo‘rayevlar intellektual mulk agentligiga murojaat qildi. Keyinchalik San Jay sud oldida avtorlik huquqi bo‘yicha javob beradigan bo‘ldi.

Kecha, 3 dekabr kuni OAVda San Jayning Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan suhbat videosi e’lon qilindi. Unda Zoxirshox Jo‘rayev xatto cover talqinida ham qo‘shiq aytish uchun ruxsat kerakligini aytgan. Unga javoban San Jay Zoxirshox Jo‘rayev bilan bo‘lgan shaxsiy yozishmani e’lon qildi. Yozishmada San Jay yaxshi muomalada gaplashgani va bunga javoban Zoxirshox otasidan ruxsat olishga va’da bergani aks etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!