Video: Samarqanddagi to‘yda Jahongir Otajonovni pulga ko‘mishdi

Video: Samarqanddagi to‘yda Jahongir Otajonovni pulga ko‘mishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Otajonov ishtirok etgan to‘y videosi ommalashdi. Mazkur to‘y marosimi Samarqand shahrining Urgut tumanida bo‘lib o‘tgani aytilgan.

Videotasvirda bir necha yigitlar xonandaning ustidan pul sochganini ko‘rish mumkin. Sochilgan pullar ko‘pligidan yerga gilam kabi to‘shalgan. Mazkur to‘y tumanda yashovchi tadbirkorlardan biriga tegishli ekanligi aytilmoqda. 

Biroz avval Jahongir Otajonov poytaxtdagi to‘ylarga 1500 AQSh dollari evaziga xizmatga chiqishi to‘g‘risida ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!