Video: Samarqandda bankir hokimlik xodimi tomonidan kaltaklandi

Video: Samarqandda bankir hokimlik xodimi tomonidan kaltaklandi

Samarqandda bank xodimi kaltaklandi. Bu haqda "Daryo" xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha «Xalq banki»ning Payariq tuman filiali xodimi Ikrom Aralov tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Akbarali Ernazarov tomonidan kaltaklangan. Manbaning xabar qilishcha bank xodimi majburiy mehnatga qarshi chiqqani uchun kaltaklangan. Videoda ularga qarata "50 marta ajrattim" degan shaxs Payariq tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ekani aytilmoqda.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, janjallashgan hokimlik xodimi lavozimidan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!