Video: 2 yoshli bolakay va Messi

Video: 2 yoshli bolakay va Messi

Ispaniyaning “Betis” klubi yarim himoyachisi Andreas Guardadoning 2 yoshli o‘g‘li Messi bilan uchrashishni xohlagan va otasi uni Leoning oldiga olib borgan.


 
Guardadoning turmush o‘rtog‘i Sandra de la Vega o‘g‘lining Messi bilan uchrashganda olingan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
 
Bolakay Messini ko‘rib, u bilan salomlashgan, so‘ng Guardado o‘g‘li hamda hamkasbini suratga tushirgan. Leo bolakayning 2 yosh ekaniga ishonmagan va uni 2,5-3 yosh deb o‘ylagan.
 
“Barselona” hujumchisi bolaning ismini so‘raganda u uyalgan, ammo savolga javob qaytargan.
 
“Xayr, fenomen, yana ko‘rishamiz”, deb xayrlashgan Messi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!