Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga yordam berishiga to‘sqinlik qilmagan

Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga yordam berishiga to‘sqinlik qilmagan

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning izoh berishicha, mamlakat Ukrainaga Yevropa Ittifoqidan moliyaviy yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmagan, ammo Kiyevga Yevropa Ittifoqining qo‘shma krediti orqali emas, balki ikki tomonlama asosda yordam berish tarafdori.

“Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda va men sizdan Yevropa Ittifoqiga Ukrainaga yordam ko‘rsatishga ruxsat bermaganimiz haqidagi xabarni tarqatmaslikni so‘rayman”, — dedi vazir jurnalistlarga, “TASS” uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.

Vengriya Yevropa Ittifoqining qo‘shma imtiyozli krediti ko‘rinishidagi 18 milliard yevrolik qutqaruv paketiga e’tiroz bildirmoqda, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!