Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 5300 nafarga yaqinlashdi
Venesueladagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 5278 kishiga yetdi.
Bu haqda Milliy Assambleya (parlament) spikeri Xorxe Rodriges o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Hukumatning kundalik hisobotiga ko‘ra, 16 740 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi, yana 17 907 kishi uysiz qoldi. 190 ta inshoot butunlay vayron bo‘lgan, 856 tasi jiddiy zarar ko‘rgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 6462 kishi qutqarildi, 41 069 kishi kasalxonalarda tibbiy yordam oldi. 128 324 oilaga yordam ko‘rsatildi, 23 587 kishi 107 ta vaqtinchalik lagerga joylashtirildi va jabrlanganlarga 10 964,97 tonna oziq-ovqat yetkazib berildi.
24 iyun oqshomida Venesuelada zilzilalar sodir bo‘ldi. Taxminan 40 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita seysmik hodisa qayd etildi. Zilzila episentrlari Yarasuy shtatida bir-biridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan edi. Keyinchalik 1405 ta aftershok qayd etildi.
