Senatning 21-yalpi majlisida moddiy madaniy meros ob’ektlarini asrash, restavrasiya qilish jarayoni, bunda kadrlar salohiyati bo‘yicha masalalar ko‘tarildi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev shu mavzuda senatorlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
“Madaniy meros ob’ektlarimizni restavrasiya qilishda kadrlar masalasi bizning eng og‘riqli nuqtamiz hisoblanadi. Hozir 7500 ga yaqin madaniy ob’ektlarning 259 tasining butkul yo‘qotilgan, tiklab bo‘lmaydi. Ularni restavrasiya qilishda bizda yetarli kadrlar yo‘q. Bu ishlar ko‘p yillardan beri mardikorlar tomonidan qilinadi. Kunimiz ularga qolib ketdi. Restavrasiya – bu ilm, alohida malaka talab qiladi. 1984 yilgacha respublikada restavrasiya institutida bo‘lgan. Ayrim sabablarga ko‘ra shu ta’lim muassasasini yo‘q qildik. Xorijliklar menga restavrasiya instituti nima uchun yo‘q, deb savol berishadi. Qanday javob berishni bilmayman. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutida restavrasiya bo‘yicha shu o‘quv yilida kafedra ochish bo‘yicha Oliy ta’lim vazirligiga taklif kiritganmiz.”
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Buxoro davlat universiteti restavrasiya bilan shug‘ullanuvchi muhandislar yo‘nalishi ochildi. Restavrasiya ishlari lisenziya olmasdan amalga oshirildi. Shuning natijasida madaniy meros ob’ektlari qarovsiz qoldirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўз тарихида илк марта жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий жамоасининг айни пайтдаги вақтинчалик бош мураббийи Тимур Кападзе истеъфога чиқарилиб, унинг ўрнига Пауло Бентуни бош мураббий этиб тайинланиши мумкинлиги ҳақидаги хабар Хитой матбуотида умид учқунларини уйғотди.
Бутун дунёда ҳомиладор аёлларнинг ярмидан кўпи оғриқ ва иситмани даволаш учун қабул қиладиган парацетамол (ацетаминофен) болаларда асаб тизими ривожланишининг бузилиши хавфи билан боғлиқ бўлиши мумкин.
БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.
Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.
Давлат хавфсизлик хизмати ва ички ишлар ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда мазкур ер майдонидан жами 247 туп каннабис ўсимлиги ва 27 кг 708 гр марихуана ашёвий далил сифатида олинди.