Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mehr” filmi premyera qilindi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mehr” filmi premyera qilindi

Bugun O‘zbekfilm kinokonsernida Kinematografiya agentligi tomonidan Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda yaratilgan «Mehr» badiiy filmining premyerasi o‘tkazildi. Premyerada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa va Ichki ishlar tizimi rahbar va xodimlari, askarlar, “Temuriylar” maktabi o‘quvchilari, OAV xodimlari, jurnalistlar va kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

Premyera avvalida estrada yulduzlari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi.

Mazkur kinokartina chegarachilar hayoti, ularning chegara ortidagi mashaqqatli zahmati va kasbiga bo‘lgan fidoyiligi haqida suratga olingan. Shuningdek, film voqealari zamirida bag‘rikenglik, tinchlik, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar kabi mavzular o‘rin olgan.

Film Turkiyaning Gaziantep, Suriyaning Aleppo shahrida va O‘zbekistonning turli hududlarida suratga olingan.

"Mehr" filmi bosh prodyuseri Firdavs Abduxalikov, ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev, kartina direktori Shohrux Nasimov, kompozitor Shamsiddin Xolmurodov, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev.

«Mehr» filmida Bobur Yo‘ldoshev, Fotih Nasimov, Zumrad Eshonqulova, Angelina Tursoatova, Ra’no Shodiyeva, Vazira Yunusova, Bahrom Usmonov kabi o‘zbek aktyorlar bilan birga taniqli turk aktyorlari Ekrem Ispir, Ahmet Serkan, O‘zturk Sezay va boshqalar rollar ijro etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!