Tashrif AQSH–Hindiston munosabatlarida taranglik kuchaygan bir pallaga to‘g‘ri keldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Hindistonga keldi. Dehlida uni bosh vazir Narendra Modi kutib oldi. Putin oxirgi bor Hindistonga 2021 yilning dekabr oyida tashrif buyurgan edi. Tashrif ayni paytda AQSh va Hindiston o‘rtasida siyosiy bosim oshgan davrga to‘g‘ri keldi.
Putin delegasiyasi tarkibida mudofaa vaziri Andrey Belousov ham bor. Mahalliy nashrlar u hindistonlik hamkasbi bilan uzoq yillardan buyon muzlab qolgan qiruvchi samolyotlar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishi mumkinligini xabar qilmoqda. Shuningdek, ba’zi manbalar Hindistonning Rossiyaning yangi avlod S-500 havo mudofaasi tizimiga qiziqish bildirganini ta’kidlagan.
Rossiya ko‘p yillar davomida Hindiston qurolli kuchlarining asosiy qurol-yarog‘ yetkazib beruvchisi bo‘lib kelgan, biroq Dehli oxirgi yillarda ta’minot manbalarini kengaytirib, o‘z mudofaa sanoatini rivojlantirmoqda. Shu bilan birga, 2022 yildan buyon Hindiston Rossiya neftining eng yirik xaridorlariga aylandi va bu Dehliga milliardlab dollar tejash imkonini berdi.
Ammo AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonning arzon rus neftiga tayanishi Ukraynadagi urushni moliyalashtirayotganini aytib, Dehliga bosimni kuchaytirdi. Shunga qaramay, ekspertlar Hindiston-Rossiya aloqalari to‘liq uzilmasligini, ehtimol ayrim savdo va energetik bitimlarda qisqarish bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. 2024–2025 yillarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 68,7 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bu pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan deyarli olti baravar yuqori.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.