Vakolatli iqtisodiy operatorlarning umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi hozirda 1,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi

Vakolatli iqtisodiy operatorlarning umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi hozirda 1,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyev vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti haqida ma’lumot berdi:

Vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish bilan bir qatorda biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investisiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Vakolatli iqtisodiy operator maqomini qo‘lga kiritish uchun tadbirkorlik sub’ekti rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxslari so‘nggi 1 yil davomida ma’muriy va so‘nggi 5 yil davomida jinoiy javobgarlikka tortilmagan bo‘lishi, soliqlar, majburiy to‘lovlar, jarima va penyalarni to‘lash yuzasidan qarzdor bo‘lmasligi , shuningdek, kamida uch yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan bo‘lishi talab etiladi.

Hozirda respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari soni 24,6 mingdan oshmoqda va ularning umumiy tashqi savdo aylanmasi salkam 30 mlrd AQSh dollarini tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!