Uzmetronom sayti asoschisi Sergey Yejkov sudda K.Allamjonovdan uzr so‘radi

Uzmetronom sayti asoschisi Sergey Yejkov sudda K.Allamjonovdan uzr so‘radi

2022 yilning 6 iyul kuni Shayxontohur tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat)da nazarda tutilgan jinoyatda ayblanayotgan Uzmetronom sayti asoschisi S.Ejkovning jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda jabrlanuvchi K.Allamjonov va sudlanuvchi S.Ejkov «Brilliantoviy malchik» va «Sliv s dalnim priselom» maqolalari yuzasidan o‘z pozisiyalarini bildirdilar.

S.Ejkov tegishli dalillarsiz materialni e’lon qilganidan afsusda ekanligini bildirdi va sudda K.Allamjonovdan uzr so‘radi.

O‘z navbatida, Allamjonov, uning maqsadi — Yejkovni jazolash emas, balki o‘zining haq ekanini isbotlash bo‘lganini, u bunga erishgani va o‘z arizasini qaytarib olishini bildirdi. U har qanday bahslar ko‘chada, «podval»larda emas, aynan sudlarda hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Sud majlisi yakunida Komil Allamjonov Sergey Yejkovga qo‘l uzatgani zaldagilar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. U Yejkovga o‘zining «Allamjonov aybdor» kitobini «Sud zalidan aziz Yejkov S.A. akaga esdalik uchun» deb yozilgan dastxat bilan sovg‘a qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!