O‘zLiDeP tomonidan so‘z erkinligini yanada mustahkamlash, davlat va nodavlat OAV o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga qaratilgan g‘oyalar ilgari surilmoqda

O‘zLiDeP tomonidan so‘z erkinligini yanada mustahkamlash, davlat va nodavlat OAV o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga qaratilgan g‘oyalar ilgari surilmoqda

🎙 Mamlakatimizda oxirgi yetti yil mobaynida so‘z erkinligi prinsipiga rioya qilish, xolislik, haqqoniylik, ochiqlik va shaffoflikni barcha uchun amalda barobar ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda.

📣 So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari soni ancha oshgan. Agar, 2016 yilda 1 514 ta ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 2023 yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 2 140 taga yetdi. Misol uchun, jurnal va internet nashrlar soni ikki baravarga oshdi.

🌐 Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston so‘nggi 7 yil ichida Jahon matbuot erkinligi indeksida 29 pog‘onaga ko‘tarildi.

🗣 Ayni paytda O‘zbekiston milliy media sohasi jadal ravishda raqamli va texnologik rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Ko‘plab nodavlat ommaviy axborot vositalariga asos solinmoqda, media bozorini takomillashtirish va rivojlantirish jarayonlari davom etmoqda. Muhimi, bunda xususiy media sektori, mustaqil elektron OAV, blogosfera o‘zining muqim o‘rniga ega bo‘lmoqda.

📶 Umuman olganda, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini ta’minlash, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish orqali media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, o‘rni va nufuzini ham yanada kuchaytirish lozim.

😎 O‘zLiDePning ayni maqsadda ilgari surayotgan so‘z erkinligiga qarshi har qanday urinishlarga qarshi turish va mustaqil nodavlat matbuot tizimini rivojlantirish tashabbusi mamlakatimizda ochiqlik siyosatidagi ortga qaytmas islohotlarni davom ettirishda muhim qadam hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!