Tanzila Norboyeva BMT bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

A A A
Tanzila Norboyeva BMT bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

Muloqot chog‘ida mintaqada tashqi savdo, transport va kommunikasiya sohalaridagi imkoniyatlar hamda xalqaro darajada hamkorlikni kuchaytirish borasida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv Avaza shahrida BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida o‘tkazildi.

 Predsedatel Senata provela vstrechu s visokim predstavitelem Generalnogo sekretarya OON   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025

Fatima Rababxonim Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasini yuksak baholab, bugungi Senat faoliyatini dunyo mamlakatlarining ko‘plab parlamentlari uchun namuna ekanligini e’tirof etdi.

Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro do‘stona munosabatlari hamda yaqin qo‘shnichilik aloqalari davlatlar va mintaqa rivoji, xalqlar farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

 Predsedatel Senata provela vstrechu s visokim predstavitelem Generalnogo sekretarya OON   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025

Muloqot chog‘ida mintaqada tashqi savdo, transport va kommunikasiya sohalaridagi imkoniyatlar hamda xalqaro darajada hamkorlikni kuchaytirish borasida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

 Predsedatel Senata provela vstrechu s visokim predstavitelem Generalnogo sekretarya OON   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025

Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalar hamda BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida qabul qilingan xujjatlarning samarali ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.