O‘zgidromet havoning keskin sovib ketishi haqida favqulodda xabar berdi

O‘zgidromet havoning keskin sovib ketishi haqida favqulodda xabar berdi

Joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet bosh direktori ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi. 17-18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi.

16-18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi soatiga 17-22 m/s tezlikgacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududida havo harorati kechalari -3...-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari -13...-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari -5...-8 daraja sovuqqacha pasayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!