«O‘zgidromet»: Hafta oxirida O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib keladi

«O‘zgidromet»: Hafta oxirida O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib keladi

Bugun respublika hududi antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Kun davomida havo 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu mart oyining o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan ancha sovuqdir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 16 va 17 mart kunlari antisiklon periferiyasi O‘zbekiston hududidan chiqib ketadi, kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va chorshanba kuni harorat 9-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Hududlarning ko‘p qismida ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduz kunlari keskin ko‘tariladi. Ish haftasi oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25 daraja issiq, janubda 27 daraja issiqqacha bo‘lgan qiymatlarga yetadi va bu me’yordan 6-8 darajaga ko‘p bo‘ladi.

15-19 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!