O‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi

O‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi

O‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Mamlakatning aksariyat hududlarida havo harorati ancha qulay bo‘lib, +32…+35 daraja iliq bo‘ladi. Faqat shimoliy, janubiy va cho‘l zonasida kunduzi havo +37...+39 darajagacha isiydi.

16—18 iyun kunlari Qurbon hayitini nishonlash vaqtida O‘zbekiston bo‘ylab havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, havo harorati aksariyat hududlarda +36...+39 darajagacha ko‘tariladi, shimol, janub va cho‘lda zonasi - +40...+41 gacha.

Respublikamizning tog‘li hududlarida 17—18 iyun kunlari kechqurun ayrim joylarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

18 iyun kuni sharqdan 9-14 m/s tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda chang-to‘zonli qor yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahridagi ob-havo

14−15 iyun kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat +32…+35 daraja. 16−18 iyun kunlari biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat +35…+38 daraja atrofida. Sharqdan 5−10 m/s tezlikda esayotgan shamol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!