UZCARD “Mir” kartasidan tezkor pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

UZCARD “Mir” kartasidan tezkor pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

Hozirda UZCARD pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar tayyorlamoqda.

Rossiyaning “Mir” kartalaridan UZCARD kartalariga xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati ishga tushirildi.

Ikki to‘lov tizimi integrasiyasi foydalanuvchilarga Rossiya banklarining mobil ilovalari orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini qulay va tez amalga oshirish imkonini beradi.

“O‘tkazmalar bir zumda kartaga o‘tkaziladi. O‘tkazma rublda jo‘natiladi va foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan milliy valyuta kursida va qabul qilib oluvchi shaxsning O‘zbekistondagi hisobiga o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Xizmatdan foydalanganda pul o‘tkazmalari uchun qo‘shimcha yashirin to‘lovlar olinmaydi.

Buning uchun bankning mobil ilovasida faqat karta raqami va qabul qilib oluvchi shaxsning ismini kiritish kerak, qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatish shart bo‘lmaydi.

Hozirda UZCARD pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar tayyorlamoqda.

Shuningdek, mobil ilovalar orqali ushbu xizmatni amalga oshirish mumkin bo‘lgan "Mir" to‘lov tizimida ishtirok etuvchi banklar ro‘yxati ustida ish olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!