UzCard’da texnik nosozlik. Vaqtincha plastik karta orqali to‘lovlar qilib bo‘lmaydi

UzCard’da texnik nosozlik. Vaqtincha plastik karta orqali to‘lovlar qilib bo‘lmaydi

UzCard faoliyatida vaqtinchalik texnik nosozliklar yuz berdi. Bu haqda, UzCard kompaniyasiga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

«Texnik nosozliklar munosabati bilan 15 sentyabr kuni soat 18:52 dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM-qurilmalari prosessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmayapti», — deyiladi kompaniya xabarida.

Avvalroq onlayn-to‘lov servislari plastik kartalar faoliyatida uzilishlar yuz berayotganini ma’lum qilgandi. Xususan, Payme o‘z sahifasida texnik nosozlik haqida yozgandi.

 

«Yagona umumrespublika prosessing markazi faoliyatidagi texnik nosozlik munosabati bilan hozirgi vaqtda foydalanuvchi kabinetida pul mablag‘larining balansi vaqtincha noaniq ko‘rsatilmoqda, shuningdek, dastur orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin», — deb yozgandi Payme.

Toshkentdagi do‘konlarning vakillari ham terminallar karta orqali to‘lovlarni qabul qilmayotganini ma’lum qilgandi. Kartalarning egalari esa xaridlarni amalga oshira olmayotganidan norozilik bildirgan edi.

UzCard yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, kompaniya mutaxassislari tizim faoliyatini qayta tiklash uchun hozirda qo‘lidan kelgan barcha choralarni ishga solayotganini ma’lum qildi

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!