O‘zbekistonning Yangi Konstitusiyasidagi 10 ta asosiy o‘zgarish

A A A
O‘zbekistonning Yangi Konstitusiyasidagi 10 ta asosiy o‘zgarish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitusiyaning yangi tahriri ilova qilingan.

Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititusiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitusiya 65 foizga yangilangan.

Quyida Kun.uz nazaridagi eng muhim o‘nta yo‘nalishda ro‘y bergan o‘zgarishlar hujjatdagi ketma-ketlik bo‘yicha keltirib o‘tiladi.

1. O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

Konstitusiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirilmoqda:

  • O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Boshqaruvning respublika shakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi.

Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga ega bo‘lish demakdir.

Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va o‘z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta’minlanishini ko‘zda tutadi.

Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi.

O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.

Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy e’tiqodidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid masalalarda neytral pozisiyani egallaydi.

Yangi konstitusiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning o‘zidagi aynan shu qoidaga oid band ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas.

Boshqacha aytganda, bu norma – O‘zbekiston hech qachon demokratiyadan voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi.

2. Konstitusiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi

15-moddaga quyidagicha qo‘shimcha qo‘shildi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

Konstitusiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitusiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.

Referendumda qabul qilingan qonunga binoan, Oliy sud 3 oy ichida tegishli Plenum qarorini qabul qilishi kerak. Bu qaror asosida sudlar tomonidan konstitusiya normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llash yuzasidan yagona sud amaliyoti joriy etiladi.

3. Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas

Yangi konstitusiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) – fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat’i nazar qonun oldida tengligi haqida. Bu moddaning 2-qismi quyidagicha o‘zgarmoqda:

  • Eski: Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.
  • Yangi: Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

Bu bilan konstitusiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko‘p holatlarda qonunosti hujjatlar – qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti.

4. Barcha noaniqliklar – inson foydasiga

Konstitusiyaning yangi tahririga asosan:

  • Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq kodifikasiya qilib chiqish amalda imkonsiz.

Endilikda, qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga kelsa, masala inson foydasiga hal etiladi.

Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-kamchilik o‘tgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi kerak.

5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin

Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi konstitusiyada quyidagi ikkita norma bilan tartibga solingan edi:

  • Insonning konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
  • Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Konstitusiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o‘zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo‘shildi:

  • Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.

Cheklovlar bo‘yicha bu me’yorlar so‘z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya’ni axborot izlash, olish va tarqatish huquqi faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholi sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida cheklanishi mumkin.

Ta’kidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi O‘zbekiston qonunchiligiga hozircha kiritilmagan. Mazkur modda bo‘yicha inson huquqlari “jamoat tartibini ta’minlash maqsadida” cheklanishi bo‘yicha ham vakolatli organning huquqiy sharhiga zarurat bor.

6. O‘qituvchilar alohida e’tirofda

Konstitusiyaga o‘qituvchilar haqida yangi modda qo‘shildi. U ikki banddan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
  • Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo‘lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitusiyada nomi keltirilgan o‘qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi – huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli jamoat birlashmalari).

7. Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda 2022 yildan e’tiboran qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o‘tgan yili e’lon qilingan yangi konstitusiya loyihasining birlamchi versiyasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish mumkin emasligiga ishora qilingan edi. Yakuniy talqindan bunday cheklov olib tashlandi va yerni xususiylashtirishga oid norma quyidagicha shaklga keltirildi:

  • Er qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

Bosh qomusning o‘tgan yili e’lon qilingan birinchi loyihasida unga quyidagicha jumlani kiritish taklif etilgan edi: “Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Yakunda bu boradagi normalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.
  • Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

Shuningdek, hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo‘lgan: “Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi” degan norma ham oxir-oqibat konstitusiyaga kiritilmadi.

8. OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Avvalgi konstitusiyaning “Ommaviy axborot vositalari” nomli bobi bitta moddadan iborat edi. Unda shunday deyilgandi: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Yangi konstitusiyaga ko‘ra, bu bob ikkita moddadan iborat bo‘ldi:

  • Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.
  • Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlik konstitusiya darajasida belgilandi. MJtK va Jinoyat kodekslariga tegishli javobgarlik kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning barchasi og‘izda va qog‘ozda qolib ketmoqda.

Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qonunchilikni yangi konstitusiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.

9. Davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar. Prezidentning vakolat muddati 7 yil bo‘ldi

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi konstitusiyasiga binoan:

  • Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. Prezidentning “davlat boshlig‘i” maqomi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi qoida, prezidentning qasamyodi matni va prezidentga taalluqli boshqa aksariyat normalar o‘zgarishsiz qoldirildi. Ma’lumot uchun, prezidentning vakolat muddati 2003 yilda ham 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan, 2011 yilda esa qaytib 7 yildan 5 yilga tushirilgan edi.
  • Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Prezident bosh vazir nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi prezident taqdim etgan nomzodni ko‘rib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan ko‘pi ma’qullasa, bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, prezident bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. Avvalgi tartibga ko‘ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach, nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi.
  • Senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga tushiriladi. 14 ta hududdan 6 nafardan emas, 4 nafardan senator saylanadi, prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni 16 nafardan 9 nafarga qisqaradi. Bu o‘zgarish 2024 yilda bo‘ladigan parlament saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik palatasi deputatlari sonini (150 nafar) oshirmaslikka, o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
  • Bosh vazirni tayinlash va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har ikki palata a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi zarur edi; eslatib o‘tamiz, ishonchsizlik votumi e’lon qilinsa, prezident bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida prezidentga taklif kiritish vakolatiga ega bo‘ldi. Bosh vazir va hukumat a’zolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning vakolatiga o‘tkazildi.
  • Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarini prezident taqdimiga binoan saylash Senatning vakolatiga kiritildi. Senat, shuningdek, eng yuqori rangdagi sud mansabdorlarini saylaydi, bosh prokuror va Hisob palatasi raisligiga nomzodlarni ko‘rib chiqib ma’qullaydi, DXX raisligiga nomzod bo‘yicha prezident bilan maslahatlashuv o‘tkazadi, Markaziy bank raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, xorijdagi asosiy diplomatlarni tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi (bularning barchasi prezident taqdimiga binoan amalga oshiriladi). Bundan tashqari, Senat mahalliy kengashlarning qonunga zid qarorlarini bekor qilish vakolatiga ega bo‘ldi.
  • Qonunchilik palatasi qonunlar bo‘yicha qo‘shimcha vakolatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra, endilikda Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi qonunni prezidentga yuboradi. Qonunlarning prezident tomonidan imzolanishi va e’lon qilinishi uchun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga uzaytirildi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun parlament palatalari tomonidan yana qabul qilingan taqdirda, prezidentning bu qonunni imzolash va e’lon qilish muddati o‘zgarishsiz (14 kun) qoldirildi.
  • Prezident muddatidan ilgari prezident saylovini tayinlashga haqli ekani belgilandi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senatga palata a’zolarining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berildi. Shuningdek, jiddiy voqealar ro‘y berganida, ikki palata qo‘shma qaror qabul qilgan holda parlament tekshiruvi o‘tkazishi mumkinligi ko‘rsatildi.
  • Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi. Konstitusiyaga qo‘shilgan bu norma bo‘yicha ham huquqiy sharhga zarurat bor. “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda “hisobdor” tushunchasi uchramaydi. Sudyalarning o‘zlari chiqargan qarorlari bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi odil sudlovni ta’minlashga qanday ta’sir qilishi – izohtalab holat, bizningcha.
  • Konstitusiyaviy sud sudyalari 10 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin bo‘lmaydi. Avvalgi tartibga ko‘ra, bu muddat birinchi marta saylanganida 5 yil, keyingisida 10 yil edi.

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq lavozimni egallashi mumkin emasligi haqidagi qoida, prezidentdan tashqari, Senat raisi, Qonunchilik palatasi spikeri, Oliy sud raisi va o‘rinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi va o‘rinbosari, Markaziy saylov komissiyasi raisi hamda bosh prokurorga nisbatan ham tatbiq etilmoqda. Hokimlar va kengashlar raislari bo‘yicha esa bu qoida surunkasiga ikki martadan ortiq aynan bitta viloyat, tuman yoki shaharda hokim yoki kengash raisi bo‘lishni cheklaydi; ya’ni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq turli hududlarda hokim yoki kengash raisi bo‘lishi mumkin.

Referendumda qabul qilingan qonunning 7-moddasi bilan, barcha darajadagi davlat mansabdorlarining ayni paytga qadar egallab kelgan muddatlari nollashtirildi. Ular lavozimlarini egallab kelayotganining surunkali muddatlari sonidan qat’i nazar, boshqa fuqarolar bilan teng ravishda xuddi shu lavozimlarga saylanish va tayinlanishga haqli, deb belgilandi.

10. Mahalliy davlat hokimiyatidagi o‘zgarishlar. Hokimlar kengash raisligidan ketadi

Mahalliy davlat boshqaruvida vakillik va ijro etuvchi organlar bir-biridan ajratilmoqda. Bu boradagi hozirgi tartib hokimiyatning bo‘linish va hokimiyat bo‘g‘inlarining o‘zaro tiyib turish prinsipiga zid. Bosh qomusning yangi tahririga asosan, bunga barham berilib, mahalliy kengashlar saylanadigan vakillik organlari, hokimliklar esa ijro organlari deb belgilanmoqda.

Shunga muvofiq, quyidagi sanalardan boshlab, hokimlarning kengashlarda raislik qilishiga barham beriladi:

  • viloyatlarda va Toshkent shahrida 2024 yilgi deputatlik saylovlari yakunlari bo‘yicha;
  • tuman va shaharlarda 2026 yil 1 yanvardan boshlab.

Mahalliy kengashlar raislari kengash deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Hokimlar esa 5 yil muddatga tayinlanadi, tayinlangan hokimni kengashlar tasdiqlaydi. Shu tariqa, kengash raislari ham, hokimlar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aholi tomonidan saylanmaydi.

Kengashlarning vakolatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi:

  • mahalliy byudjetni ko‘rib chiqish va qabul qilish, uning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash;
  • hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish.

Hokimlarning vakolatlari esa, jumladan, quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • Konstitusiya va qonunlarni, parlament palatalarining qarorlarini, prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish;
  • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish.

Hokimlar va mahalliy kengashlarning faoliyatini tashkil etish tartibi bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilinadi. Mahalliy masalalar bo‘yicha ularning vakolatlari qanday taqsimlanishi ana shu qonunlarda aks etadi.

***

Yuqoridagilardan tashqari, konstitusiyaga boshqa ko‘plab normalar ham qo‘shilgan, jumladan:

  • O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi.
  • Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
  • Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Har kim o‘z shaxsiga doir noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
  • Davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev konstitusiya islohoti haqida 2021 yil 6 noyabr kuni, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishi yuzasidan inaugurasiya marosimidagi nutqida birinchi marta aytib o‘tgan edi. Davlat rahbari o‘sha yili dekabr oyida, konstitusiya bayrami arafasida xalqqa yo‘llagan tabrigida: “konstitusiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash” zarurligini ta’kidlagan edi. 2022 yil may oyida konstitusiyaviy komissiya tuzilib, hujjatni yangilash jarayoni boshlandi.

Rasmiylarga ko‘ra, konstitusiya qabul qilingan kun sifatida bundan keyin ham 1992 yil 8 dekabr sanasi e’tirof etiladi, 8 dekabr – bayram sanasi o‘zgarmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

Dollar kursida shiddatli pasayish kuzatildi

Марказий банк 2025 йил 10 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

Kreml "yonmoqda" - Serbiya Ukrainaga yaqindan yordam bermoqchi

Бу ҳақда мамлакат президенти Александр Вучич маълум қилди.

O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng BAA terma jamoasidan ikki futbolchi haydaldi

Эслaтиб ўтамиз, 5-июнь куни Ўзбекистон БАА билан 0:0 ҳисобида дуранг ўйнаб, тарихда илк бор ЖЧга йўл олди.

Xitoy sement zavodlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqarmoqda

Ўзбекистондаги цемент бозорида хитой компанияларининг устунлиги кучаймоқда. Нарҳлар пасайган бўлса-да, бу маҳаллий ишлаб чиқарувчиларни қисман таназзулга учратмоқда. Айрим корхоналар фаолиятини тўхтатган ёки катта зарар билан ишламоқда.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Eron oliy rahbari: "Ular urushni boshladi, endi ularni omon qolishlariga yo‘l qo‘ymaymiz"

Бу ҳақда Эрон олий раҳбари Оятуллоҳ Али Хоманаий халққа мурожаатида маълум қилди.

Isroilning kiberxujumi ortidan Eron armiyasi “ko‘r, kar va soqov” bo‘lib qolgan

Қайд этилишича, бўлинмалар ўртасидаги алоқа, рациялар, пейжерлар ва мобил телефонлар ҳам ишдан чиққан

Eron Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlarini urib tushirdi

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eron Isroilga qarshi to‘rtinchi hujum to‘lqinini amalga oshirdi

Reuters хабарига кўра, Исроил армияси ракеталарни тутиб олиш учун барча зарур ишларни қилмоқда.

Eronning Tel-Avivga qilgan hujumi natijasida isroillik aholi o‘lishni boshladi

Бу ҳақда The Jerusalem Post нашри хабар бермоқда.

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli O‘zbekistonda ayrim reyslar bekor qilindi

Эрон ва Исроил ўртасидаги ҳарбий тартибсизликлар оқибатида Ўзбекистон авиакомпаниялари айрим парвозларни ўзгартириш ёки бекор қилишга мажбур бўлди. Хавфсизлик нуқтайи назаридан бир қатор давлатлар ҳаво ҳудуди вақтинча ёпилди.

Isroil Eron harbiy-havo kuchlarining ikkita bazasiga zarba berdi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати баёнотида айтилган.

Namanganda valyutafurushdan 41,2 mln so‘m jinoiy jarima undirildi

Фуқаро О. А ҳам ноқонуний валюта савдоси билан шуғулланганда ҳуқуқни муҳофаза қилиш идора ходимлари томонидан фаолиятига чек қўйилган.

"AQSh Isroil amaliyoti Erondagi hukumatni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin"

Трамп Исроилнинг ҳаракатларини ижобий баҳолаб, ЦАХАЛ “дунёдаги энг яхши қуроллардан, яъни Америка қуролларидан” фойдаланганини таъкидлади.

Isroil Eronning Fordodagi yadroviy ob’ektiga zarba berdi

Исроил Эроннинг жавоб зарбаси жуда оғир бўлиши мумкинлигини тушунади, оқибатларни минималлаштиришга тайёрланмоқда, деди Исроил бош вазири.

Eronning yana bir yuqori martabali amaldori o‘ldirildi

Генерал Қааний 2020 йилда АҚШ ҳужуми оқибатида ўлдирилган Қосим Сулаймоний ўрнига ушбу лавозимга тайинланган эди.

SAXAL bir qator havo hujumlari natijasida Eronning raketa infratuzilmasiga tegishli ob’ektlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Ҳужум қилинган объектлардан бирида контейнер кўринишида ниқобланган ўзига хос учириш механизми жойлаштирилгани аниқланган.

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng AQSh o‘z harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubormoqda

Манбаларга кўра, АҚШ ҳарбий-денгиз кучлари USS Thomas Hudner эсминецини Шарқий Ўрта ер денгизи томон йўллаган.

Rossiya mingdan oshiq jasadlarni Ukrainaga topshirdi

Ҳарбий асирлар бўйича мувофиқлаштирувчи штаб ўзининг Телеграм-каналида 1200 нафар ҳалок бўлган украиналиклар жасади қайтарилгани ҳақида эълон қилди.

Netanyaxu ma’muriyati dunyoni falokatga tortayotgani xavotirli — Erdog‘an

Туркия раҳбари халқаро ҳамжамиятни “глобал ва минтақавий барқарорликка таҳдид солаётган Исроил бандитизмига чек қўйиш”га чақирди.

Iroq BMT Xavfsizlik Kengashiga Isroil havo hududini buzganidan shikoyat qilmoqda

Бу ҳақда Ироқ ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

Isroilning Eronga qarshi amaliyoti qancha davom etadi?

Исроил икки ҳафта давомида Эронда операция ўтказишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда Wall Street Journal хабар бермоқда.

Turkiya Eron, Iroq, Suriya va Iordaniyaga parvozlarni bekor qildi

Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.

Tramp Isroilning hujumiga yuqori baho berdi — ABC News

У ҳужумни “ажойиб” деб атади ва олдинда “ҳали кўп нарсалар бўлади” деб айтди.

Isroilning Tehronga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘ldi, yana 329 kishi yaralandi — Fars

The Wall Street Journal маълум қилишича, Исроил келаси 14 кун ичида Эронга янги ҳужумлар уюштириши мумкин.

"Yashil chiroq" yoqildi: Isroil Eronga hujumni davom ettirmoqda

Исроилнинг "Channel 14" телеканали маълум қилишича, Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари Эронга қарши ҳужумларни қайтадан бошлаган.

Isfahon va Fordo yadroviy ob’ektlari talafot ko‘rmadi — MAGATE

Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.

Eronliklar ko‘chalarda: ular Isroilga qarshi zarba berishni talab qilishmoqda (VIDEO)

Минглаб Теҳрон ва бошқа Эрон шаҳарлари аҳолиси кўчаларга чиқиб, Исроилнинг ҳаракатларига қарши норозилик билдирди.

Isroil Eron hududida maxfiy dron bazasini yaratgan

Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси мамлакат фуқароларини эҳтимолий ракета ҳужумлари муносабати билан огоҳликка чақирди.

Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси фуқароларни огоҳликка чақирди

Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси мамлакат фуқароларини эҳтимолий ракета ҳужумлари муносабати билан огоҳликка чақирди.

Бухоро вилояти ҳокими ҳужжати йўқ бинони “ичидаги одами билан кўмиб ташлаш”ни буюрди

Суд-пуд демасдан, бугуннинг ўзида бузиб ташлайсан. Нарсаси, ичидаги одами билан кўмиб ташлайсан.

Эрон Ядро қуролини тарқатмаслик шартномасидан чиқиш мумкинлиги ҳақида огоҳлантирди

Бунга МАГАТЭ томонидан Эронга қарши резолюция қабул қилиниши сабаб бўлиши мумкин.

Олтиариқда ерни ўзлаштирган фуқаро 1,2 млрд. сўмлик зарар етказганлиги маълум бўлди

Мулклари "саёҳатга" отланганини кўрган Б.Ш.нинг кўзлари дарров "очилди" – 47.7 миллион сўм бир зумда топилди!

"Агар намойишчилар йўлни тўсиб, сизга таҳдид солса — уларни босиб кетинг"

Калифорния губернатори Рон Десантис норозилик намойишлари фонида ҳайдовчиларга шундай маслаҳат берди.

АҚШ Суриянинг янги президентига суиқасд қилиниши хавфи борлигини билдирди

Биз Сурия президенти Аҳмад аш-Шараа атрофида ҳимояни мувофиқлаштиришимиз зарур. Вашингтон аш-Шараанинг хавфсизлигидан хавотирда

Туркия Индонезияга қирувчи самолёт экспорт қилади

Қайд этиш жоизки, бешинчи авлод “KAAN” қирувчи самолёти радарлардан қочиш имкониятига эга

Ҳиндистонда авиаҳалокат: 20 нафар тиббиёт талабалари жароҳат олди

Аввалроқ Ҳиндистон полицияси Air India самолёти шифокорлар ётоқхонаси биносига қулагани ҳақида хабар берган эди.

Telegram ва ФСБ: мессенжер чиндан ҳам хавфсизми?

OCCRP нашри томонидан олиб борилган суриштирув Telegram мессенжерининг хавфсизлиги борасида жиддий саволларни юзага чиқарди.

Трамп: Менимча, Путинга қанча аскар йўқотиши муҳим эмас

Эҳтимол, у бунга аҳамият бермаяпти, мен ҳам шундай ўйлай бошладим. У кўп аскар йўқотмоқда, худди Украина каби. Нима бўлишини кўрамиз.

Исроил Ғазода ҲАМАСга қарши янги қўмондонни қўллаб-қувватламоқда — юзлаб оилалар унинг ҳудудига кўчмоқда

Ёсир Абу-Шабоб раҳбарлигидаги гуруҳ ҲАМАСдан мустақил анклавни шакллантирмоқда. Исроил уни қўллаб-қувватламоқда, аҳоли эса хавфсизлик излаб шу ҳудудга кўчмоқда.

Жанубий Африкада ёмон об-ҳаво туфайли камида 57 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Жанубий Африканинг кооператив бошқарув ва анъанавий ишлар вазири Велинкосси Хлабиса маълум қилиб, ҳалок бўлганларнинг аксарияти Шарқий Кейп провинциясида эканини қўшимча қилди.

Ҳиндистонда қулаб тушган самолётда камида 110 киши ҳалок бўлган — TimesNow телеканали

Аҳмадободдан Лондоннинг Гэтвик аэропортига парвоз қила туриб, врачлар учун ётоқхона устига қулаган Boeing 787-8 Dreamliner самолёти саҳнида Ҳиндистоннинг 169, Британиянинг 53, Португалиянинг 7 ва Канаданинг 1 нафар фуқароси бўлган, деб ёзмоқда Reuters. Самолёт 2013 йилда ишлаб чиқарилган.

Уч мингдан зиёд автомобил ортилган кема ҳамон ёнмоқда

Тинч океанининг Аляска соҳилларига яқин қисмида бир ҳафтадан буён Morning Midas кемаси ёнишда давом этмоқда, деб хабар берди Carscoops.

Хавфсизлик техникаси қоидаларига риоя этмасдан таъмирлаш ишларини олиб борилаётган бригада иш жойидан четлатилди

"Ўзэнергоинспекция" Андижон вилоят ҳудудий бошқармаси томонидан энергетика объектларида олиб борилаётган таъмирлаш ишларида инсон ҳаёти учун хавф туғдириши мумкин бўлган ҳолатлар ўрганилмоқда.

Самарқандда икки ишчи ток уриши оқибатида вафот этди

Жумладан, икки нафар ходим иш жараёнида эҳтиётсизлик қилиб, металл нарвонни «Анзур» фидерининг ҳаво электр узатиш тармоғига теккизган. Оқибатда уларни ток урган.

Яна бир президент қамоқ жазосига ҳукм қилинди

Қайд этилишича, судланувчи қамоқ жазосини уй қамоғига алмаштиришни сўраш ҳуқуқига эга.

Австриядаги мактабда 10 кишини ўлдирган шахснинг уйидан портлаш уюштириш режалари топилди

Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.

Жанубий Африка Республикасида кучли қор бўрони кузатилмоқда — Reuters

Мамлакат метеорология хизмати “тўқ сариқ” даражали огоҳлантириш эълон қилди.

Ню-Ёркдаги намойишда полиция 80 дан ортиқ одамни ҳибсга олди

Бу ҳақда New York Post полициядаги манбаларга таяниб ёзмоқда .