O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya federal prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya federal prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahadov Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Taqdimot marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Germaniya rahbari so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning jadallashgani va sheriklik keng ko‘lamli yo‘nalishlarini qamrab olganini qayd etdi, shuningdek, GFR O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Frank-Valter Shtaynmayerga O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.

Dilshod Ahadov Berlinga tayinlanganiga qadar 2020-2023 yillar O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. U 51 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

TIV tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, boshqarma va bosh boshqarma boshlig‘i, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tgan. 2010-2013 yillarda Germaniyada elchi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvesiya va Ispaniyada o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lib ishlagan.

Dilshod Ahadov 2017-2023 yillarda mamlakatning Germaniyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nabi Qosimov o‘rnini egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!