O‘zbekistonning yana 10 ta hududida koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

O‘zbekistonning yana 10 ta hududida koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

​​​​2021 yil 23 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78375 (+58) nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌2 nafari Andijon viloyatida,
📌3 nafari Buxoro viloyatida,
📌2 nafari Jizzax viloyatida,
📌1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌3 nafari Namangan viloyatida,
📌3 nafari Samarqand viloyatida,
📌3 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌5 nafari Xorazm viloyatida,
📌8 nafari Toshkent viloyatida,
📌28 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️ Kecha kun davomida:
📌 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
📌Jizzax viloyatida 1 nafar,
📌Namangan viloyatida 2 nafar,
📌Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
📌Xorazm viloyatida 4 nafar,
📌 Toshkent shahrida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 76815 (+37) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

❗️ Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 939 nafar bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!