O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi tayinlandi

Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11 fevral kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurdi. Dohaga tayinlanishidan oldin u TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

TIV tizimidagi faoliyatini 2005 yilda referent sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

2018 yildan e’tiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori bo‘lib faoliyat olib borgan.

Qatar poytaxti Dohada O‘zbekiston elchixonasi 2023 yilning 11 dekabrida ochilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!