O‘zbekistonlik chavandozlar Moskvadagi nufuzli turnirda sovrindor bo‘ldi

O‘zbekistonlik chavandozlar Moskvadagi nufuzli turnirda sovrindor bo‘ldi

Moskva shahrida konkur bo‘yicha “Bit River” turniri o‘z nihoyasiga yetdi. 26-28-may kunlari uchinchi bor o‘tkazilgan musobaqada hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

“Jump&Drive” dasturini o‘z ichiga olgan 11-yo‘nalish sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bellashuvlarda Xurshidbek Alimjonov bilan tandem hosil qilgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi Bahromjon Gaziyev 120 sm to‘siqlardan o‘tish bahslarida eng yaxshi natijani qayd etishdi.

145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida esa A’zam Tolibboyev ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. “Bazart De Ruyet” laqabli tulporda harakat qilgan yurtdoshimiz faqatgina rossiyalik Vasilisa Yerostovoydan orta qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!