“Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Rossiyadan O‘zbekistonga qarab yo‘l oldi, deya xabar qilmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema iyul oyining birinchi o‘n kunligida Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib kelgan edi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni mamlakatimizga olib kelishga hozirladi. 2021 yil 20 iyul kuni “Afrosiyob” poyezdi Sankt Peterburg shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bundan 10 yil ilgari, 2011 yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi olib kelingan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.