O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana Pfizer vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana Pfizer vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga 13—15 mart kunlari COVAX dasturi doirasida COVID-19 ga qarshi jami 875 520 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatga ilk bor olib kelingan mazkur vaksina COVID-19 omikron B.A.4 va B.A.5 shtammlariga qarshi tayyor eritilgan vaksinadir.

“Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab pandemiyaning oldini olish uchun COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanish maqsadga muvofiqligi va nihoyatda muhimligini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni kungacha jami 75 670 234 doza vaksinadan foydalanilgan. COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish va uning tarqalishining oldini olishning eng samarali yo‘li – immunizasiya, ya’ni aholini infeksiyaga qarshi vaksina bilan emlashdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!