O‘zbekistondagi OTMlar talabalar va xodimlari uchun koronavirusga qarshi dorilar sotib oladi

O‘zbekistondagi OTMlar talabalar va xodimlari uchun koronavirusga qarshi dorilar sotib oladi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalar va xodimlari uchun koronavirusga qarshi dorilar sotib oladi. Ta’minotchi — Dori-Darmon aksiyadorlik kompaniyasi. Bu haqda bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov OTM talabalari va xodimlarini koronavirus infeksiyasidan himoyalashga oid qo‘shma qarorni imzolagan.

O‘zbekistondagi OTMlar talabalar va xodimlari uchun koronavirusga qarshi dorilar sotib oladi

Unda talabalar va OTM xodimlari profilaktika uchun gidroksixloroxin va sink preparatini qabul qilishi kerakligi, mabodo koronavirus aniqlangan yoki gumon qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha dorilar va tavsiyalar asosida muolajalarga amal qilishi lozimligi ta’kidlangan.

OTMlarga barcha dori vositalarini shartnoma asosida Dori-Darmon AK va uning hududiy filiallaridan sotib olish majburiyati yuklatilgan. Dori vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar OTMlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!