O‘zbekistondagi korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar

A A A
O‘zbekistondagi korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar

O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida. Uni qanday o‘lchash va u bilan qanday kurashish mumkin? O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi.

Korrupsiya konturlari va oqibatlari: Korrupsiya deganda, umumiy ma’noda, shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yo‘lida shaxsga ishonib topshirilgan lavozimini qasddan va noqonuniy suiiste’mol qilish tushuniladi.

Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.

Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni suiste’mol qilish, xushomadgo‘ylik, sovg‘a, qarindoshlik, homiylik va boshqalar.

Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institusional va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar siyosati ham ta’sir qiladi.

Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.

Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, milisiya bo‘limlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdor shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiiste’mol qilishlari tushuniladi.

Siyosiy sohada korrupsiya demokratik tamoyillarga o‘tish jarayonini to‘xtatadi, siyosiy maqsadlarni umummilliy rivojlanish maqsadlariga emas ayrim guruhlarning maqsadlariga tobe qiladi, qonun ustuvorligini buzilishiga, siyosiy va sud institutlari faoliyatining samarasi tushishiga, mamlakat obro‘sining tushishiga va haqiqiy siyosiy raqobatning yo‘qolishiga olib keladi, shu bilan hokimiyatga ishonch susayadi, uni jamiyatdan uzoqlashtiradi.

Iqtisodiy sohada korrupsiya davlat mablag‘lari va resurslarining samarasiz taqsimlanishi va sarflanishiga, biznesni yuritishda ko‘p vaqt va moddiy xarajatlarga, moliyaviy va tijorat xavflarining o‘sishiga, narxlarning o‘sishiga, raqobat muhitining yomonlashishiga, xufiyona iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq tushumlarining kamayishiga, investision muhitning yomonlashishiga, investisiyalarning kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Ijtimoiy sohada korrupsiya ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlikning kuchayishi, hokimiyatning byudjet sohasiga zarar yetkazuvchi “zarbalar” (“otkat”)lar tufayli ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo‘lmay qolishi, uyushgan jinoyatchilikning kuchayishi va jamoatchilik ko‘z o‘ngida qonunning obro‘sizlanishiga olib keladi. Bu axloqiy me’yorlar mohiyatining yo‘qolishiga va ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi.

Korrupsiya qanday o‘lchanadi?

Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida xabar beradi.

Korrupsiya to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish tufayli hukumat davlat xizmatlarini taqdim etishdagi tengsizlik, qashshoqlik va izolyasiya, shuningdek, pul olib chiqish (otmivaniYE), soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va poraxo‘rlikka yo‘l ochib beradigan moliyalash tizimidagi bo‘shliqlar (lazeykalar) kabi qator masalalarni hal qilish uchun samaraliroq siyosat va tartibga solish vositalarini ishlab chiqishi mumkin.

Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud. Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini xohlamaydilar.

 

O‘lchov usullari orasida eng keng tarqalgani korrupsiyani idrok etishni baholashdir (masalan, Transparency International tashkilotining korrupsiyani idrok etish indeksi, Jahon bankining korrupsiyani boshqarish indeksi). Ushbu usul mamlakat ekspertlari va aholi o‘rtasida mamlakatda korrupsiya holati to‘g‘risida so‘rov o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ushbu usulning noqulayligi shundaki, jamoatchilik va ekspertlarning fikrlariga taqdim etayotgan ma’lumotlarining ochiqligi va sifati mamlakatlar va vaqt oralig‘ida turlicha bo‘lgan ommaviy axborot vositalari ta’sir qilishi mumkin.

O‘lchashning yana bir keng tarqalgan usuli – bu korrupsiyani baholash bo‘yicha so‘rov usuli (masalan, Transparency International tashkilotining global korrupsiya barometri va Jahon bankining biznes so‘rovi). U mamlakatda korrupsiya muammolari bilan bog‘liq tajribasi to‘g‘risida firmalar va aholi orasida so‘rov o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi usulning kamchiliklari – ba’zi respondentlarning davlat organlarida korrupsiya bo‘lishidan manfaatdorligidadir, shuning uchun ular korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar bermaslikni lozim tutishlari mumkin.

Korrupsiyani bevosita kuzatish ham korrupsiyani baholash usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Masalan, Indoneziyada to‘qqiz oy davomida tadqiqotchilar yuk mashinalari haydovchilarini kiyimini kiyib, odatiy yo‘nalishlar bo‘ylab yuk mashinalari haydovchilarini kuzatib borishgan va yuk mashinalari haydovchilari polisiya nazorat punktida to‘xtaganlarida qancha to‘lashganini qayd etib borishgan. 300 tadan ortiq sayohatlar davomida ular 6000 dan ortiq noqonuniy to‘lovlarni kuzatishgan. Natijada, noqonuniy to‘lovlar umumiy sayohat xarajatlarining 13 foizini tashkil etganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu usulning noqulayligi tegishli tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qilishidadir.

Korrupsiyani ajratish bo‘yicha baholash hisobot nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan hisobot xarajatlari va amalda ishlatilgan xarajatlarni taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Ushbu usulning kamchiliklari shundaki, inspeksiya organlari xodimlarining o‘zi pora olishga va o‘g‘irlikni yashirishga moyil bo‘lishi mumkin.

Korrupsiya harakatlarini aniqlashning turli xil bilvosita usullari ham mavjud bo‘lib, ular bo‘yicha korrupsiya holatlari korrupsiyaga bevosita aloqador bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalangan holda aniqlanadi.

Korrupsiyani o‘lchash usullari xilma-xilligiga qaramay, mutaxassislar korrupsiyaning aniq xarajatlari va oqibatlarini aniqlashda jiddiy muammolarga duch kelmoqdalar:

  • korrupsiya xatti-harakatlari odatda yashirin bo‘lib, bu ularni aniqlash va yozishni qiyinlashtiradi; korrupsiya faoliyati to‘g‘risida ko‘pincha xabar berilmaydi, chunki to‘lashi kerak bo‘lganlar qasos olinishidan yoki biron-bir darajada jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari mumkinligidan qo‘rqishadi;
  • korrupsiya turli shakllarni oladi – o‘g‘rilik, firibgarlik, qarindoshchilik, poraxo‘rlik, tovlamachilik va pul yuvish (otmivaniYE), bu korrupsiya amaliyotini yagona indikator ko‘rinishida qamrab olish imkonsiz ekanini ko‘rsatadi. Masalan, biror bir ishda mansabdan foydalanib o‘z yaqin kishisiga yordam berish (boshqalar zarari hisobiga) va buning uchun to‘lov olmaslik, mohiyatan korrupsiya, lekin buni aniqlashning deyarli iloji yo‘q.

O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi.

Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani idrok etish indeksi bo‘yicha, 2010 yildan beri O‘zbekiston har yili o‘z mavqeyini yaxshilab kelmoqda. 2019 yilda O‘zbekiston 25 ball bilan 180 davlat ichida 153-o‘rinni egallagan, 2010 yilda esa u 16 ball bilan 172-o‘rinda turgan edi.

Transparency International xalqaro korrupsiyaga qarshi barometrining 2016 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi respondentlarning atigi 18 foizi pora bergani haqida xabar bergan va ularning atigi 23 foizi korrupsiyani mamlakatdagi uchta eng jiddiy muammolardan biri sifatida qayd etgan. Aholi so‘rovlariga ko‘ra, eng korrupsiyalashgan soha vakillari – yo‘l-patrul xodimlari (respondentlarning 17 foizi ularga pora berganligini tan olgan), ta’lim va tibbiyot xodimlari (respondentlarning 16 foizi buni tan olgan). Respondentlarning korrupsiya to‘g‘risida xabar berishiga nima to‘sqinlik qiladi degan savolga, 39% ular bu savolga javobni bilmasliklarini aytishgan va ikkinchi eng keng tarqalgan javob “Salbiy oqibatlardan qo‘rqish tufayli” bo‘lgan (17%).

Jahon banki korxonalar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovida firmalarga oltita turli bitimlar, jumladan soliqlarni to‘lash, ruxsatnomalar yoki lisenziyalar olish va davlat xizmatlariga ulanish bo‘yicha pora berish taklif qilingan vaziyatni baholashga urinadi. Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyat dunyo va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda yaxshiroq. Masalan, O‘zbekistonda so‘rovda qatnashgan barcha firmalarning atigi 6 foizi o‘z amaliyotida pora talab qilinishi bilan duch kelganligini ta’kidlagan, dunyoda bu ko‘rsatkich 17 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida esa 11 foizni tashkil etadi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, “Ijtimoiy fikr” markazi ba’zi joylarda korrupsiya va poraxo‘rlik darajasi yuqori darajada ekanligini aniqlagan. Masalan, fuqarolar fikriga ko‘ra, 2018 yilda sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasi korrupsiya va poraxo‘rlikka eng ko‘p moyil bo‘lgan – buni respondentlarning 43,7 foizi qayd etgan. Keyingi yo‘nalishlar ta’lim (39,4%) va soliq sohasi (12,2%).

Xuddi shu markaz tomonidan o‘tkazilgan “Jamoatchilik fikri ko‘zgusida korrupsiyaga qarshi kurashish” so‘rov natijalariga ko‘ra, 2018 yilda sog‘liqni saqlash tizimi, ishga qabul qilish jarayoni, oliy va xalq ta’limi tizimi O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan sohalar qatoriga kiritildi. So‘ng quyidagi sohalar: sudlar, prokuratura organlari, Ichki ishlar vazirligi, soliq organlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati.

O‘zbekistonda aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar davlat korxonalari va muassasalari, ichki ishlar organlari va banklar eng korrupsiyalashgan sohalar ekanligidan dalolat beradi. Ushbu joylarning aksariyati aholi tomonidan so‘rov davomida aniqlangan joylarga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, mansabdor shaxslar tomonidan 2013 yildan 2017 yilgacha sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar 43 foizga kamaygan, aynan prokuratura organlari tomonidan 2015 yildan 2017 yilgacha turli korrupsion jinoyatlar uchun 14 171 shaxsga (2015 yil – 6853, 2016 yil – 4524, 2017 yil – 2794) qarshi 8572 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (2015 yil – 3778, 2016 yil – 2860, 2017 – 1934).

O‘zbekistondagi korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham davlat har doim ham aholiga zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va ta’lim xizmatlarini yetarli darajada sifatli taqdim eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun odamlar o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lib, bu muassasalarda korrupsiya paydo bo‘ladi.

Tibbiy va ta’lim xizmatlaridan tashqari, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini taqdim etishning boshqa ko‘plab sohalarida ularning aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda. Xususan, bu suv, gaz, isitish, sug‘orish tizimlari, asfalt yo‘llar, ko‘priklar, parklar va o‘yin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu ushbu tuzilmalardagi korrupsiya darajasi boshqalarga qaraganda yuqori ekanligini ko‘rsatishi mumkin, chunki davlat mablag‘lari boshqa maqsadlarda ishlatilgan bo‘lishi mumkin yoki bunday xizmatlarning cheklanganligi sababli birinchi bo‘lib pora berganlarga xizmat ko‘rsatilish holatlarini jadallashtirishi mumkin.

Iqtisodiy faoliyatni tartibga solish. Xo‘jalik faoliyati mexanizmlarini lisenziyalash va tartibga solish korxonalarga mansabdor shaxslarning “imtiyozli rejim”dan o‘z maqsadlarida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Natijada, “foyda”ni davlat amaldorlari bilan bo‘lishish mumkin, ular o‘z navbatida lisenziya berish yoki savdo-sotiqni himoya qilishni o‘z zimmalariga oladilar. Bugungi kunda O‘zbekistonda 355 turdagi faoliyat turlari mavjud bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun tegishli lisenziya talab etiladi. Bundan tashqari, faoliyatning 140 turi turli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlar bilan tartibga solinadi.

 

Shu bilan birga, Davlat xizmatlari markazida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaat etuvchilar atigi 23 ta lisenziya va ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Qolgan 475 lisenziya va ruxsatnomalarni olish uchun ular tegishli davlat tashkilotlariga murojaat qilishlari kerak, bu qo‘shimcha xarajatlar, mablag‘lar va vaqtni talab qiladi. “Buyuk kelajak” ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 30 foizi lisenziyalar va ruxsatnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ular duch kelgan 10 ta asosiy muammolardan biri ekanligini ko‘rsatgan.

Davlat sektorida resurslardan foydalanish ustidan nazoratning sustligi. Bugungi kunda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning umumiy soni 2819 tani tashkil etadi, shundan 2000 tasida davlat 50% dan ortiq ulushga ega. Qoida tariqasida, davlat korxonalarida, xususiy sektorda bo‘lgani kabi, xodimlarning korxona resurslaridan foydalanishi ustidan qattiq nazorat mavjud emas, bu esa korrupsiya va o‘g‘rilik uchun asos yaratadi. Eng ko‘p davlat korxonalari kommunal xizmat, qurilish va xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy sohalar, turizm, farmasevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida faoliyat yuritayotganini hisobga olib bu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori ekanligini taxmin qilish mumkin.

Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlari hukumatning alohida qarorlari bilan tartibga solinadi. Investisiyalarning umumiy hajmida davlat investisiyalarining yuqori ulushi saqlanib qolmoqda. Davlat 37 turdagi tovarlar va xizmatlar narxlarini tartibga soladi. Bugungi kunda xususiy sektorda 4 ishchiga davlat sektoridagi 1 ishchiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, rivojlanayotgan davlatlar sharoitida davlatning nazorat funksiyalarining katta qismi saqlanib qolinishi korrupsiyaning kuchayishi bilan birga keladi. Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar sonining statistikasi shuni ko‘rsatadiki, barcha da’volarning 71 foizi davlat muassasalari va korxonalar xodimlariga qarshi qo‘zg‘atilgan.

Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish kerak?

Korrupsiyani yo‘q qilish uchun avvalambor davlatning iqtisodiyotga keraksiz aralashuvini kamaytirishga, davlat muassasalarida ishchilar sonini optimallashtirishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan strategiyani ishlab chiqish kerak, bu esa keyinchalik ushbu tashkilotlarda ish haqining oshishiga olib keladi. Kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda korrupsiyaga barham berishda kompleks yondashuv bo‘yicha samarali choralar ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

  • Malakali ishchilarni tanlash. Bilim darajasi va korrupsiya o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Malakaliroq ishchilarning pora olish ehtimoli kamroq. Bunday sharoitda xodimlarni o‘z bilimlari asosida yollashga yondashuv korrupsiyaga qarshi kurashda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Shuning uchun davlat xizmatiga kirishga da’vogarlarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish va ochiq tanlov imtihonlari tizimini joriy etish zarur. Masalan, Janubiy Koreyada hukumat vaqti-vaqti bilan davlat xizmatchilarini tekshiradi. Davlat xizmatchisining 5-darajasini olish uchun imtihon uch bosqichdan iborat. Birinchi qadam nomzodlarning umumiy bilimlarini sinab ko‘rishdir. Imtihonning ushbu bosqichining predmetlari huquq, tarix, chet tili va boshqalar. Ikkinchi bosqich nomzodlarning kasbiy bilimlarini sinab ko‘rishdir. Har bir professional guruh turli predmetlarni bilishni talab qiladi, ammo iqtisodiyot va huquq umumiy fanlardir. Uchinchi bosqichda nomzodning shaxsiy xususiyatlarini tekshirish uchun suhbat o‘tkaziladi.
  • Xodimlarning motivasiyasi (ish haqi). Nafaqat iqtisodiy nazariya, balki amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ish haqi darajasi korrupsiya sxemalarida ishtirok etishning afzalliklari bilan taqqoslanadigan, qo‘lga tushish xavfini hisobga olmaganda, korrupsiyaning oldini oluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, davlat xizmatchilariga xususiy sektor bilan raqobatdosh ish haqi taklif qilinishi kerak. Shuningdek, davlat xizmatchilarining ish faoliyatini baholash tizimi va yuqori lavozimdagi ishchilarga ularning faoliyati samaradorligiga qarab maosh to‘lash tizimini joriy etish zarur.
  • Jazo (obro‘, jarimalar). Korrupsiya sxemalarida ishtirok etish xarajatlarining kamligi sababli, korrupsiya faolligi o‘smoqda. Korrupsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korrupsiyani yengishda alohida rol o‘ynashi mumkin, chunki ko‘p hollarda xodim uchun korrupsiya xarajatlari uning asoratlaridan kattaroqdir.
  • Monitoring (audit va aniqlash imkoniyati). Ko‘pgina davlatlar “pora berish” orqali korrupsiyaga qarshi kurashda audit rolini kuchaytirish zarurligini tan olishadi. Buxgalterlar va auditorlarning global korrupsiyaga qarshi strategiyaga qo‘shadigan hissasini muhokama qilish uchun Xalqaro buxgalterlar federasiyasi “Buxgalteriya ishi va korrupsiyaga qarshi kurashish” ma’ruzasini e’lon qildi. Yevropa Kengashining Korrupsiyaga oid Jinoyat huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi mamlakatlardan har qanday davlatning mansabdor shaxslariga va’da berish, taklif qilish yoki biron-bir asossiz ustunlik berish uchun jinoiy javobgarlikka olib keladigan milliy qonunlarni qabul qilishga chaqiradi. Bunday jinoyat, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini qo‘llagan holda davlat xizmatchilarining poraxo‘rligi bilan bog‘liq xatti-harakatlar to‘g‘risida qasddan noto‘g‘ri taqdim etilgan deb hisoblanishi kerak.
  • Texnologiyalar (elektron hukumat, jamoat nazorati). “Elektron hukumat”ning to‘laqonli ishlashi davlat xaridlarining aksariyat qismini va aholi, biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning butun tizimini shaffof qilish imkonini beradi va bu tarmoqning hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchisi biznesni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Singapurda ko‘plab zarur xizmatlarni, masalan, pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni to‘ldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim etishi odatiy tarz sifatida qabul qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, agar fuqaro ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan tashrif buyursa, u holda ushbu muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun unga jarima solinadi.

Manba: review.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Quvayt aeroportiga AQShning Patriot havo mudofaa tizimi tomonidan hujum qilingan

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) вакили Ҳусайн Моҳеби маълум қилди.

NATO bosh kotibi Rossiya harbiylariga murojaat qildi

Рюттенинг сўзларига кўра, Россия расмийлари Украинадаги урушга кетаётган аскарларга бераётган қуроллар талабга жавоб бермайди

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Такало бу пуллар унинг ҳисобига қандай келиб қолгани ҳақида ҳеч қандай маълумотга эга эмаслигини айтди.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi

Шунингдек, телекоммуникация инфратузилмасини ривожлантиришга 500 млн долларгача инвестиция киритиш режалаштирилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.