O‘zbekistonda yangi telekanal tashkil etiladi

O‘zbekistonda yangi telekanal tashkil etiladi

“O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi. Unga muvofiq, telekanalning asosiy vazifasi O‘zbekistonning ko‘hna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan ilmiy, madaniy va ma’naviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!