O‘zbekistonda yana 300 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda yana 300 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

2021 yil 3 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92320 (+314) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 5 nafari Andijon viloyatida,
– 6 nafari Buxoro viloyatida,
– 5 nafari Jizzax viloyatida,
– 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
– 3 nafari Navoiy viloyatida,
– 5 nafari Namangan viloyatida,
– 39 nafari Samarqand viloyatida,
– 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
– 8 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 11 nafari Xorazm viloyatida,
– 32 nafari Toshkent viloyatida,
– 188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
– Buxoro viloyatida 8 nafar,
– Jizzax viloyatida 7 nafar,
– Navoiy viloyatida 4 nafar,
– Namangan viloyatida 14 nafar,
– Samarqand viloyatida 51 nafar,
– Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
– Xorazm viloyatida 6 nafar,
– Toshkent viloyatida 51 nafar,
– Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88258 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 655 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!