O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev vafot etdi

Ustazoda san’atkor, taniqli sozanda va bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Shavkat Mirzayev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev 1942 yil 10 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Uning san’atga kirib kelishida otasi, mashhur sozanda va bastakor Muhammadjon Mirzayevning ta’siri katta bo‘lgan.

U 1978 yildan boshlab taniqli san’atkor o‘zbek mumtoz ashulalar mohir ijrochisi Munojot Yo‘lchiyevaga ustozlik qilgan.

«Aniq.uz» sayti jamoasi Shavkat Mirzayevning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!