O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda eng ko‘p sotilgan mahsulotlar nomi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda eng ko‘p sotilgan mahsulotlar nomi ma’lum qilindi

Ro‘yxatning boshida metan gaz o‘rin olgan bo‘lsa, quyi pog‘onalarda shakar va propan gaz joy olgan.

Soliq qo‘mitasi 2024 yilning I choragida eng ko‘p sotilgan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar eng ko‘p sotilgan.

Metan gaz – umumiy realizasiya summasi 3,4 trln., benzin AI-80 – 2,6 trln. so‘mga sotilgan.

Avia chipta (xalqaro) – 2,3 trln. so‘m, benzin AI-92 – 1,2 trln. so‘m, 1-navli bug‘doy uni – 1,1 trln. so‘m, uyali telefonlar – 638,3 mlrd. so‘m, fast-fud – 613 mlrd. so‘m, kungaboqar yog‘i – 543,1 mlrd. so‘m, asosiy go‘shtli taomlar – 470,2 mlrd. so‘mga sotilgan.

Shuningdek, pishiriqlar – 427,4 mlrd. so‘m, sigaretlar – 418,1 mlrd. so‘m, alkogolsiz ichimliklar – 399,4 mlrd. so‘m, mehmonxona xizmatlari – 394,9 mlrd. so‘m, shakar – 378,5 mlrd. so‘m, propan gaz – 374,5 mlrd. so‘mni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!