O‘zbekistonda saylov tizimining demokratik tamoyillari

A A A
O‘zbekistonda saylov tizimining demokratik tamoyillari

Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Saylov – xalq o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir.

O‘zbekistonda olib borilayotgan yangi demokratik va erkin mamlakatni yaratishga qaratilgan keng qamrovli va izchil islohotlar doirasida xalq xokimiyatchiligi konstitusiyaviy tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash, saylov tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Zero demokratik va adolatli saylovlar – bu demokratiyaning o‘ta muhim va zarur shartlaridan hisoblanadi.

Ma’lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug‘ullanadigan masalaga aylandi. Bugunga kelib dunyoda saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro huquqiy hujjatlar, standartlar mavjud.

Barcha davlatlarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan xalqaro saylov standartlari universal deb ataladi. Odatda, bunday hujjatlar BMT kabi universal xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilinib, ular davlatlar tomonidan tan olinadi.

Umumiy saylov prinisipi barcha fuqarolarimiz saylov huquqidan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekanligini anglatadi.

Saylov qonunchiligimizga ko‘ra, saylovlarda O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.

Aynan 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning ovoz berishga haqli ekanliklarini birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga muvofiq, 18 yoshga to‘lgan fuqaro aynan to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi; ikkinchidan, BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasida ham aynan 18 yosh insonni voyaga yetgan deb hisoblash yoshi sifatida belgilanganligi; uchinchidan, 18 yosh tibbiy, fiziologik nuqtai-nazardan ham to‘la yetuk hisoblanishi bilan izohlanadi.

Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

Kishilarning o‘z tabiiy ehtiyojlari ta’minlash va manfaatlarini to‘laqonli ravishda qondirish maqsadida tashkil etgan birlashmasiga jamiyat deyiladi. Jamiyat bo‘lib yashash odamlarga ko‘plab qulayliklar keltiradi. Zero jamiyatda odamlar birlashib o‘z hayotiy muammolarini hal qilishadi.

Jamiyat qanchalik jips bo‘lsa, shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tarqoq bo‘lsa – muammolar girdobiga duch keladi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Jamiyatni haqiqiy jamiyat qiluvchi omillardan biri – hayotiy qarorlarni ko‘pchilik bo‘lib, ya’ni ovoz berish orqali qabul qilishdir. Buning yaxshi tarafi shundaki, qarorlar qabul qilishda yakka shaxslar yoxud jamiyatning ba’zi guruhlari emas, balki hamma bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Ko‘pchilikning hoxish irodasi amalga oshadi.

Bu narsani ro‘yobga chiqarish vositalaridan biri – saylov. Jumladan, Prezidentlik saylovidir. Bunda kishilar ichlaridan eng salohiyatlisini saylab olishadi va unga boshqaruv vakolatlari va u bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishni ishonib topshiradi.

Saylov - ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqini amalga oshirishi - ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov o‘tkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning Konstitusiyasi va boshqa konstitusiyaviy huquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka saylov, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; o‘tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, ko‘p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod ko‘rsatilsa); to‘g‘ri yoki ko‘p bosqichli; asosiy yoki qo‘shimcha saylov o‘tkazilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-yakshanbasida saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilar edi[1].

2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga binoan saylovlar oktyabr oyida o‘tkazilishi belgilandi. Ya’ni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi)[2]. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya variantida saylovlarni mart oyiga ko‘chirish haqidagi taklif ham bo‘lgan. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan seminar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentyabr oylari qayd etilgan. Biroq saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazish bo‘yicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan kelganligi bois shu oyga ko‘chirilgan[3].

Bizga ma’lumki, demokratiya bu teng huquqli insonlar jamiyatidir, shunday ekan har bir saylovchining saylovda qatnashishi ham, ularga ovoz berish yoki bermaslik ham teng huquqli va ixtiyoriydir. Jamiyat boshqaruvida qaysi nomzod siyosiy jihatdan kuchli va dadil bo‘lsa xalq shu nomzodga ovoz beradi. Bu esa to‘g‘ri va haqqoniy saylov, oqil siyosat va keng qamrovli rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar[4].

Darhaqiqat, saylov – jamiyatni haqiqiy jamiyatga aylantiruvchi muhim omil. Shu bois, noloyiq odamlarni saylab qo‘yib jamiyat emas, tarqoq omma bo‘lib qolmaslik, kelajak avlodni qorong‘ilikda qoldirmaslik lozim.

Siyosiy partiyalar jamiyatning eng faol va umumxalq manfaatlari yo‘lida dunyoqarashi, maqsadi, fikrlar mushtarakligi bir bo‘lgan mamlakat fuqarolarining muayyan qismini o‘z safida birlashtirgan va siyosiy hokimiyat uchun kurashadigan siyosiy tashkilot bo‘lgani bois fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan ajralib turadi.

Bugungi kunda respublikamizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (1991 yil), O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi (1995 yil), O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (1995 yil), Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (2003 yil), O‘zbekiston ekologik partiyasi (2019 yil) faoliyat yuritmoqda. Har bir siyosiy partiya jamiyatning ma’lum bir tabaqasi manfaatlarini himoya qilishga harakat qilmoqda. Hokimiyat uchun kurash, saylovoldi dasturini bajarish, davlatning ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish siyosiy partiyalarning asosiy siyosiy vazifalaridan sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega.

Yashirin ovoz berish ham saylovning muhim prinsipi hisoblanib, fuqarolarning ovoz berishida hech kim ta’sir qila olmasligini anglatadi.

Ushbu prinsipning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, saylovda har bir saylovchi o‘z ovozini nomzodlarga hech kimning aralashuvisiz hamda biron-bir tashqi ta’sirsiz erkin tarzda bildiradi. Hech kim ularni muayyan nomzod uchun «tarafdor» yoki «qarshi» ovoz berishga majbur etishi mumkin emas.

Mamlakatimizda saylovlarni tavsiflovchi eng muhim xususiyatlardan biri – bu ochiqlik va oshkoralikdir. Unga ko‘ra saylov komissiyalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni saylovchilarga ochiq va oshkora ma’lum qiladi.

Erkin va adolatli saylovlar mamlakatni demokratlashtirish va rivojlantirishning muhim shartidir. Fuqarolik jamiyatini jamoat tashkilotlari, xususan, siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demokratik davlat esa partiyalarning saylovdagi kurashi orqali barpo etiladi. Aholining aksariyati manfaatlarini ko‘zlaydigan va ushbu manfaatlarning amalga oshishi uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata oladigan siyosiy kuchgina davlat tepasiga kelganida demokratik davlat qaror topadi.

Xulosa qilib aytganda, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini ta’minlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi, aholining jamoatchilik fikrini shakllantirishda, fuqarolarning siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musayev Odil Raxmatovich,

O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori


[1] OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

[2] O‘zbekistonda saylovlar oktyabr oyida o‘tkazilishi belgilandi. Bugun.uz. Asl nusxadan arxivlandi (2021-07-09). 2021-yil 9-fevral.

[3] O‘zbekistonda saylovlar oktyabr oyiga ko‘chirilganiga izoh berildi — video. Bugun.uz. Asl nusxadan arxivlandi (2021-07-09). 2021-yil 11-fevral.

[4] O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. “O‘zbekiston” 2020. XXIII bob.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

«Real»da «tozalash» ishlari: Faqat 5 futbolchi «dahlsiz»

Мадриднинг «Реал» клуби раҳбарияти кетма-кет муваффақиятсизликлар ва кийиниш хонасидаги доимий жанжаллар фонида таркибни жиддий тарзда қайта кўриб чиқишга қарор қилди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Tramp: "Dunyodagi eng faol terrorchisi yo‘q qilindi"

Америка етакчиси баёнотни ўзининг Truth Social саҳифасида эълон қилди.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i: "Ukraina urushni tugatishga tayyor"

Бу ҳақда Украина Қуролли Кучлари Бош штаби бошлиғи генерал-лейтенант Андрей Гнатов айтиб ўтди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

Tyumenda favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan samolyot ekipaji Tobolskka olib ketiladi

Бу ҳақда ТАСС агентлигига вилоят ҳукумати ахборот маркази маълум қилди.

Robert Fiso Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Yevropa Ittifoqi yetakchilariga muhim ma’lumot yetkazishini ma’lum qildi

Словакия Бош вазири Роберт Фицо Москвада Россия етакчиси Владимир Путин билан учрашганидан сўнг, Европа Иттифоқи давлатлари раҳбарларига муҳим маълумотларни етказиш ниятида.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.