O‘zbekistonda pullarni ipak tolali yangi himoya qog‘ozlarida bosib chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda pullarni ipak tolali yangi himoya qog‘ozlarida bosib chiqarish boshlanadi

Adliya vazirligi "Davlat belgisi" DUK, "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari o‘zaro hamkorligida innovasiyaviy usulda tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan himoyalangan qog‘ozlarni tayyorlash bo‘yicha izlanishlariga patent berdi.

Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, banknotlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqilgan.

Mazkur ixtiro tufayli himoya elementlari tarkibiga tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qimmatbaho qog‘ozni boshqa turdagi qog‘ozlardan ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi va so‘ngra unga fluoressent eritmasi shimdiriladi. Ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda ipak oqsili kuchaytirilgan to‘q rangga kiradi va shu yo‘sinda qog‘oz qalbakilashtirishdan himoyalanadi. Bir xil qalinlikdagi tabiiy ipakning qog‘oz tarkibiga qo‘shilishi natijasida uning mustahkamligi bir necha baravar oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!