O‘zbekistonda koronavirus sharoitida pensiyalarni tarqatish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekistonda koronavirus sharoitida pensiyalarni tarqatish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish doirasida «Xalq banki» mahalla qo‘mitalarida pensiya tarqatishning yangi tartibiga o‘tmoqda. Nafaqaxo‘rlar har bir ko‘cha va uyda alohida-alohida taklif qilinadi. Bu haqda «Xalq banki»ning pul muomalasi va kassa operasiyalari bo‘limi boshlig‘i Oltiboy Sharipovga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Aprel oyidan boshlab oldingidek ko‘chma kassa orqali pensiyalarni tarqatishda mahalladagi nafaqaxo‘rlarning barchasini yig‘maymiz. Bu alohida ko‘chalar va uylar bo‘ylab amalga oshiriladi. O‘n kishidan ortiq odam to‘planmaydi. Bu borada bizga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi yordam beradi», — deydi Sharipov.

Ta’kidlanishicha, ko‘chma kassa xodimlari antiseptik gellar, qo‘lqoplar va maxsus himoya kiyimlari bilan ta’minlangan.

Oltiboy Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, bank nafaqaxo‘rlarga qator qulayliklarni taklif etib, ular orasida plastik kartochka egalari sonini ko‘paytirish bo‘yicha ham ish olib bormoqda. «Xalq banki»ning «Nafaqa» (yillik 8 foiz) kartasi bepul ochiladi. Kartadagi nafaqa qoldig‘iga oylik foizlar to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ushbu karta orqali overdraft xizmatidan foydalanish mumkin — hisobda pul yetmasa, bank eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida kredit beradi. Overdraftdan har oy pensiya tushguniga qadar foydalanish mumkin. Kredit muddati — 12 oy, oylik foiz stavkasi — 1,33 foiz.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,4 million nafaqa oluvchilar bor bo‘lib, ularga har oyi qariyb 2,6 trillion so‘m to‘lanadi. Ushbu mablag‘ning 82 foizi naqd pul, qolgan qismi kartochkalar orqali to‘lanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!