O‘zbekistonda koronavirus nega aynan iyun-iyul oylarida kuchayib ketyapti? Mutaxassis javobi

O‘zbekistonda koronavirus nega aynan iyun-iyul oylarida kuchayib ketyapti? Mutaxassis javobi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda dolzarb savollarga javob berdi.

– Kasallik nega aynan iyun iyul oylarida kuchayib ketyapti? Bu kunlarning isib ketishi bilan bog‘liqmi?

– Kasallikni haqiqatan ham 2020 yilda iyun—iyulga kelib keng tarqalgandi, bu yil ham may oylaridan tarqalishi boshlandi. Ko‘pgina viruslar turli mavsumiylikka bog‘liqligini ko‘rsatgan. Oldingi viruslar ichida qaysidiri qishda keng tarqalgan bo‘lsa, qaysidiri virus yoz mavsumida tarqalgan. Lekin hozirgi kunda kasalligini aynan qaysidir mavsumga bog‘liq holda tarqalishi haqida asoslovchi ma’lumot yo‘q.

Biz kunning isishi oqibatida karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydik. Ko‘pchilik niqoblarni issiq kunda taqmay qo‘ygani sabab bu kasallik tarqalishiga asos bo‘lmoqda, – deydi Sevara Ubaydullayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!