O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan coronavirus.uz rasmiy veb-sayti yaratildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Ushbu saytda koronavirus infeksiyasi to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Xususan, unda jahon va O‘zbekistondagi epidemik vaziyat, har kunlik tezkor va ishonchli manbalardan olingan so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi. Shuningdek, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ham tanishish mumkin.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ham ishga tushirilgan edi. Fuqarolar ushbu makrkazga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savollarga mutaxassislardan tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalar olishmoqda.
Shuningdek, Koronavirus Info telegram kanali ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlangan koronavirus infeksiyasiga oid har kunlik ishonchli ma’lumotlar e’lon qilib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.