O‘zbekistonda kelasi hafta boshida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25 sentyabrda 20-25 daraja, 26-27 sentyabrda 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25 sentyabrda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 26-27 sentyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Avvalroq “O‘zgidromet” 24 sentyabr, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!