O‘zbekistonda joriy cho‘milish mavsumida qancha fuqaro suvda cho‘kib halok bo‘lgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda joriy cho‘milish mavsumida qancha fuqaro suvda cho‘kib halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Mamlakatimizda joriy mavsumda shu kunga qadar 60 nafarga yaqin fuqaro suv havzalarida cho‘kib halok bo‘lgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ularning aksariyati ruxsat etilmagan joylarda cho‘milgan, ayrimlari esa o‘z ehtiyotsizligi natijasida suvga tushib ketgan. Bu haqda FVV O‘zAga ma’lum qildi.

Yoz mavsumi boshlanganiga hali hechqancha vaqt bo‘lmadi. Yuqoridagi raqamlar esa haqiqatda ayanchli, insonni xavotirga soladi. Hurmatli yurtdoshlar, ota-onalar, farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang, ularga taqiqlangan suv havzalarida cho‘milish aslo mumkin emasligini tushuntiring.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!