O‘zbekistonda insult va infarktga olib keladigan kasalliklar ko‘paymoqda

O‘zbekistonda insult va infarktga olib keladigan kasalliklar ko‘paymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni sog‘liqni saqlash tizimini transformasiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari bu borada shu yil 7 mayda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq bergan edi. Shundan kelib chiqib, soha mutaxassislari, aholi va xususiy sektor vakillari ishtirokida qator takliflar tayyorlandi.

Bugun kasalliklarni davolashda katta yuklama respublika muassasalariga tushmoqda. Shu bois viloyat va tuman miqyosida xizmatlarni kengaytirib, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda 1500 ta klinik protokol xalqaro talablarga moslashtiriladi va standart jarrohlik amaliyotlari ishlab chiqiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha bemorlar marshrutlari ishlab chiqiladi va raqamlashtiriladi.

O‘zbekistonda insult va infarktga olib keladigan kasalliklar ko‘paymoqda

Tamila Aliyeva, Prezident administrasiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari

So‘nggi yillarda insult va infarktga olib keladigan gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabetning ko‘payishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarning 85 foizi nogironlikka olib kelmoqda.

Shu bois birlamchi bo‘g‘inda sun’iy intellektni keng qo‘llagan holda ushbu kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha yangicha protokol va yondashuvlarni joriy qilish taklifi bildirildi. Jumladan, EKG-telemetriya, telemedisina, trombolizis terapiya, stentlash va tromboekstrasiya yo‘lga qo‘yiladi. Insult belgilarini erta aniqlash algoritmini ommalashtirish va aholiga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.

Nevrologik kasalliklar va insultni samarali davolash maqsadida Milliy nevrologiya va neyroreabilitasiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz uchun Toshkent shahrida 250 o‘rinli zamonaviy bino quriladi, unda yiliga 3 mingdan ortiq jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati bo‘ladi.

Markaz hamda Samarqand va Buxorodagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Yaponiyalik hamkorlar ko‘magida xalqaro standartlar bo‘yicha erta reabilitasiya xizmati joriy etiladi. 150 nafar mutaxassis xorijda malaka oshiradi. Loyiha uchun 150 million AQSh dollari yo‘naltiriladi. Ushbu chora-tadbirlar nogironlik va mehnatga layoqatsizlikni kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, amaldagi sog‘liqni saqlash tizimini xaritalash va raqamlashtirish, shu asosda tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish taklifi bildirildi. Bu ishlar doirasida yangi qurilish standartlari, poliklinika va kasalxonalarning namunaviy loyihalari shakllantiriladi, 210 ta sanitariya normasi qayta ko‘rib chiqiladi.

Bugungi kunda aholining laboratoriya tahlillariga ishonchi birmuncha past. Laboratoriya xizmatining sustligi profilaktika va davolashni qiyinlashtirmoqda. Tuman darajasidagi 2800 ta poliklinikaga 1500 ta laboratoriya xizmat ko‘rsatayapti, uskunalarning aksariyati eskirgan, ayrim tahlillar qo‘lda bajariladi.

Shu bois 2030 yil yakuniga qadar 198 ta markazlashgan laboratoriya tashkil etish, ichki va tashqi sifat nazoratini yo‘lga qo‘yish, jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, bepul tahlillar soni oshiriladi.

O‘zbekistonda insult va infarktga olib keladigan kasalliklar ko‘paymoqda

Professional va oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamshiralar akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Professional tibbiyot akademiyasiga aylantirish taklifi bildirildi. Xalqaro hamkorlar bilan birga yangi dasturlar joriy qilinadi, hamshiralarni NCLEX imtihoni asosida xalqaro sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash yo‘nalishiga qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshiriladi.

Bundan tashqari, barcha o‘quv dasturlari xalqaro tashkilotlar talablari asosida akkreditasiyadan o‘tkaziladi, oilaviy tibbiyot bo‘yicha integrasiyalashgan ta’lim dasturi va bir yillik internatura joriy etiladi. “Bemor yonida” o‘qitish ulushini oshirish, bilimlarni baholashning ikki bosqichli tizimi hamda tibbiyot xodimlarini ro‘yxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Alohida yo‘nalish jamoat salomatligi bilan bog‘liq. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatini yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasiga, onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga, jarohatlanishning oldini olishga yo‘naltirish taklif etilmoqda. Buning uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi.

Qon xizmatini takomillashtirish masalasi ham dolzarb. Bu borada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan dastur qabul qilinib, tibbiyot muassasalarining qon bilan ta’minlanganligi 100 foizga yetkaziladi. Qon preparatlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qon xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari, jumladan, viruslarni inaktivasiya qilish va nurlantirish joriy etiladi. Bu o‘lim holatlarini kamaytirish va qonga ehtiyojni ta’minlash imkonini beradi.

O‘zbekistonda farmasevtika bozori bugungi kunda 2 milliard dollardan oshgan. Bu yo‘nalishda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mezonlarini inobatga olgan holda, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda tan olish tartibi joriy etiladi. Jeneriklarning bioekvivalent sinovlari o‘tkaziladi, tibbiy buyumlarni ularning xavfsizlik sinflari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning tabaqalashtirilgan tizimi qo‘llaniladi. Bu borada faoliyatni boshlash uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi.

Shartnoma asosida ishlab chiqarish va texnologiyalar transferi rivojlantiriladi, farmnazoratning zamonaviy mexanizmlari tatbiq qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev bildirilgan takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni imzoladi. Belgilangan vazifalar ijrosini tizimli va sifatli ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.