O‘zbekistonda «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» loyihasiga 55 trln so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» loyihasiga 55 trln so‘m ajratiladi

Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» belgilab olindi. Bu haqda 26 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlandi.

«Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, ‘Inson qadri uchun – 100 ta maqsad' belgilab olindi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, 2022 yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda», – dedi prezident.

Davlat rahbari barcha sa’y-harakatlar, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shartligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!