O‘zbekistonda hozirgina zilzila sodir bo‘ldi
Toshkentda 15 sentyabr kuni soat 00:11 da yerosti silkinishlari sezildi. Yer qimirlashi bir necha soniya davom etdi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, zilzila Toshkentdan 40 km shimoliy-g‘arbda Qozog‘iston hududida kuzatilgan. Episentrda uning magnitudasi 3,2 ga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 5 km chuqurlikda joylashgan. Markaz axborotida O‘zbekiston hududida zilzila kuchi necha ball bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)