O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshib borayotganligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshib borayotganligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024 yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!