O‘zbekistonda birinchi ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi

O‘zbekistonda birinchi ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi

O‘zbekistonda birinchi ziyoratchilar 2023 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun Toshkentdan Madinaga uchib ketishdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 3 iyundan 4 iyunga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da 240 nafar ziyoratchi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) uchib, 2023 yilgi Haj mavsumini ochdi.

4-19 iyun kunlari O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi.

“Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan Hajga boradi — 16 reysda 5575 nafar yo‘lovchi tashiladi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Urganch, Qarshi va Termizdan 3 tadan reys, shuningdek, ziyoratchilar bilan 2 ta reys Navoiydan, Nukusdan esa 1 ta reys amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, poytaxt havo bandargohida qo‘shimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratildi — jo‘nab ketish zalining steril zonasida bir vaqtning o‘zida 80 va 60 kishini sig‘dira oladigan ikkita, erkaklar va ayollar uchun namozxona ochildi. Bundan tashqari, ibodatxonalar oldida tahorat olish uchun — erkaklar va ayollar uchun ham maxsus xonalar mavjud. Shu bilan birga, hojatxonalarning katta bloki foydalanishga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!