O‘zbekistonda bir qancha yuqori darajali rahbar o‘rinbosarlari ishdan olindi

O‘zbekistonda bir qancha yuqori darajali rahbar o‘rinbosarlari ishdan olindi

O‘zbekistonda madaniyat, qurilish va transport vazirlarining o‘rinbosarlari va turli qo‘mitalar raislarining o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

  • Kamola Oqilova Madaniyat vazirining o‘rinbosari — Madaniy meros departamenti boshlig‘i lavozimidan;
  • Kozim To‘laganov qurilish vazirining o‘rinbosari — Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
  • Akmal Mirzayev Transport vazirining o‘ribosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi turli qo‘mita raislarining 6 nafar o‘rinbosari ishdan olingan:

  • Shamsiddin Alimov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitai rasisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Nuriddin Murodov va Nodir Muhiddinov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimidan;
  • Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Mahmudjon Ziyadullayev Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Olim Hakimov O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Abdushukur Xamzayev O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — O‘rmon xo‘jaligi ilmiy izlanish instituti direktori lavozimidan ozod etildi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!