O‘zbekistonda bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik va 2024 yilgi ekish kampaniyasi masalalari muhokama qilindi

O‘zbekistonda bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik va 2024 yilgi ekish kampaniyasi masalalari muhokama qilindi

18 aprel kuni Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining bahorgi dala ishlariga tayyorgarligi. 2024 yilgi ekish kampaniyasining borishi haqida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdullo Mansurov, akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri Shuhrat Ahmedov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati, TASS, RIA Novosti muxbirlari, mahalliy internet-nashrlar – Nuz.uz, Plov.Press, Aniq.uz, “Qadriyat” ijtimoiy-siyosiy, huquqiy gazetasi jurnalistlari ishtirok etdi.

Tadbirda "Bahorgi ekish kampaniyasiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?", "2024 yilgi kampaniya hosil va hududlarga qarab qanday farq qiladi?", "Bog‘ va tokzorlarda qanday agrotexnik tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan?" va “Yashil makon” umummilliy tadbiri nega mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega?" kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda bahorgi dala ishlari qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun asosiy davr hisoblanadi. Ushbu bosqichga tayyorgarlik va muvaffaqiyatli ekish kampaniyasi hosildorlik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti doimiy ortib bormoqda.

Respublika turli mamlakatlar bilan faol hamkorlikqilib, o‘z sotuv bozorlarini kengaytirib, jahon miqyosida meva-sabzavot mahsulotlarining muhim yetkazib beruvchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining asosiy bozori 37 foiz ulush bilan Rossiya hisoblanadi – o‘tgan yili 611 ming tonna eksport 437 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Joriy yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!