O‘zbekistonda ayol-qizlar uchun maxsus telegram kanali ishga tushdi

O‘zbekistonda ayol-qizlar uchun maxsus telegram kanali ishga tushdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan muslim.uz sayti tarkibida ayollar uchun rasmiy diniy-ma’rifiy telegram kanal ish boshladi. Unda ayol-qizlarga oid shar’iy masalalar, soliha ayollar hayoti, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi maqolalar hamda turmush hayotda kerakli bo‘lgan masalalarga psixolog tavsiyalari berib boriladi.

Qur’oni karimning dastlabki suralaridan birini “Niso” – “Ayollar” deb nomlanishi Islom dinida ayol haq-huquqlarining e’tibori yuqori ekaniga dalil. 
        
Agar ayol kishi hayotda ma’nan sog‘lom bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi. Chunki farzandlar onalar sababidan dunyoga keladi va boshlang‘ich ta’lim-tarbiyani ham onalardan oladi. Shunday ekan, kelajak avlodning barkamol bo‘lishi ayollarning qanchalik ma’rifatli bo‘lishiga har jihatdan bog‘liq.

Alloma Abdulhamid ibn Bodisning “Agar o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir shaxsga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar qiz bolaga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan”, degan hikmatida juda katta ma’no mujassamdir.

Yangi telegram kanal ishiga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!