O‘zbekistonda aprel oyida 76 kishi YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda aprel oyida 76 kishi YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda 2020 yilning 1 — 30 aprel kunlari sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 76 nafar kishi vafot etgan, deya Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, respublika hududida aprel oyi davomida jami 336 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan. Shundan 64 nafari o‘lim bilan bog‘liq YTHlardir. Mazkur hodisalar oqibatida umimiy 334 kishi tan jarohati olgan va 76 kishi vafot etgan. Bunda, 38 nafari YTH joyida va 38 nafari esa 24 soatdan so‘ng shifoxonalarda vafot etganlar.

Ma’lum qilinishicha, 336 ta yo‘l-transport hodisalarning 38 tasida bolalar, 168 tasida piyodalar ishtirokida sodir etilgan. 8 ta holatda esa haydovchi mast bo‘lib transport vositasini boshqargani aniqlangan.

Shuningdek, aprel oyida yo‘l-transport hodisalari asosiy sabablari qatorida belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (23,8 foiz), haydovchining ehtiyotsizligi (11,9 foiz), piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi (9,2 foiz), haydovchi piyodani ko‘rmay qolishi (8 foiz) va harakat davomida yo‘nalishni o‘zgartirishi (8 foiz) bo‘lganligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan keltiriladi.

Toshkentda muayyan davrda 75 ta YTH holati qad etilgan, Toshkent viloyatida 42 ta, Navoiyda 33 ta, Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 24 tadan.

Ma’lumot uchun, yanvar-aprel oylarida jami 1 657 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, ular oqibatida 1 450 nafar kishi jarohatlangan va 495 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!