O‘zbekistonda 2023 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023 yilda onlayn-auksionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 396,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Spot’ning yozishicha, eng qimmat “chiroyli” avtoraqam yuridik shaxsga 450 million so‘mga sotilgan.

Undan keyingi ikkinchi o‘rinda yuridik shaxs tomonidan xarid qilingan 439,56 million so‘mlik avtoraqami turibdi. Eng qimmat beshlikka jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 399,6 million so‘m, 395 million so‘m hamda 378,18 million so‘mlik avtomobil raqamlari kirdi.

Avvalroq 29 yanvardan 4 fevral oralig‘ida o‘zbekistonliklar avtoraqamlar uchun auksion orqali 18,8 mlrd so‘m sarflagani ma’lum bo‘lgandi. 2022 yilda Onlayn auksionda 50 777 ZZZ avtomobil raqami 669,6 mln so‘mga sotilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!